“Umumiy tendensiyaga qaraydigan bölsak, taşqi qarzni uçta yönalişda olyapmiz. Birinçisi, budjetni qöllab-quvvatlaşga. Ikkinçisi, ijtimoiy va ba'zi bir sohalarda tarkibiy islohotlarni amalga oşiriş uçun olyapmiz. Uçinçisi, davlat korxonalariga olinayotgan kreditlar kafolati. Bundan keyin tendensiya şunday böladiki, biz iloji boriça davlat korxonalariga kafolat berişni kamaytirib boramiz. Asosan ijtimoiy va tarkibiy islohotlar, ya'ni infratuzilma loyihalariga qaratilgan davlat qarzini jalb qilamiz va budjetni töğridan-töğri qöllab-quvvatlaşga qaratamiz”, - deya Ahadbek Haydarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir örinbosari xalqaro moliya institutlari kredit berişda e'tibor qaratadigan jihatlar haqida gapirdi.
“Xalqaro moliya institutlari bizga kreditni şunçaki bergani yöq. Har bir kreditni olayotganda amalga oşiriladigan, amalga oşirilgan islohotlarning matritsasini qilamiz. Şu islohotlar amalga oşirilgan taqdirdagina xalqaro moliya institutlari bizga kredit beryapti. Taşqaridan olayotgan kreditimizning iqtisodiy ösişga ta'siri bormi-yöqmi degan nuqtai nazardan biz ular bilan oldindan kelişib işlayapmiz”, - dedi Haydarov.
U taşqi qarz samaradorligi davlat budjeti xarajatlarining samaradorligiga boğliqligini aytdi.
“Taşqi qarz samaradorligi faqat taşqi qarzga boğliq emas. Xalqaro ekspertlar ham aytib ötişdi, bu avvalambor davlat budjeti xarajatlarining samaradorligiga boğliq. Yaqin kunlarda davlat investitsiya dasturini Xalqaro valuta jamğarmasi ekspertlarini jalb qilgan holda diagnostika qilamiz. Diagnostika asosida investitsiya dasturlari ustuvorligini ta'minlaş masalasi kötarildi. Ya'ni pulni qaysi sohalarga jalb qilsak, qaysi sohalarga yönaltirsak, iqtisodiy ösişga köproq ta'sir qiladi, qaysi soha biz uçun dolzarb – şu masalalarni muhokama qilib olamiz”, - dedi vazir örinbosari.
Kun.uz axborot hamkori sifatida iştirok etgan «Munozara klubi»ning ilk muhokamalari haqidagi batafsil videoreportaj bilan uşbu havola orqali tanişişingiz mumkin.













