Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik Pol Uilan Rossiyaga qarshi josuslik qilgani uchun 16 yilga qamaldi
Moskvada AQSh fuqarosi Pol Uilan josuslik ayblovi bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Amerikalik jazo muddatini qattiq tartibli koloniyada o‘taydi. Himoya tomoni ish soxtalashtirilganini ma'lum qildi.
Foto: TASS
Moskva shahar sudi AQSh fuqarosi Pol Uilan josuslik qilganlikda aybdor deb topdi va 16 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum etdi, deya xabar beradi «Interfaks».
Uilanning advokati Vladimir Jyerebenkovning ma'lum qilishicha, himoya tomoni hukmdan norozi va 10 kun ichida u bo‘yicha shikoyat qilishni rejalashtirmoqda. Uilan sud qarori bo‘yicha shikoyat bilan chiqish niyatida ekanini tasdiqladi, deb yozadi «Interfaks». Hukm e'lon qilinishidan oldin, amerikalik o‘zini aybdor deb hisoblamasligini yana bir bor takrorladi. «Bu siyosiy sud, soxta sud. Biz aybsizligimni isbotladik, uydirmalar bo‘lganini isbotladik», - deya aytib o‘tgan Uilan.
Prokuratura Uilanni 18 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi.
Uilan Kanada va Irlandiya fuqaroligiga, shuningdek Britaniya fuqaroligiga ega. U 2018 yil 28 dekabr kuni Moskvada FXX xodimlari tomonidan ushlandi, deya xabar bergan FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markazi. Unga ko‘ra, «Uilan josuslik kampaniyasi paytida» qo‘lga olingan. «Vedomosti» manbasining ta'kidlashicha, Uilan 1999 yildan beri Rossiyada josuslikda ayblanib qo‘lga olingan birinchi amerikalik bo‘ldi.
Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, Uilanning falsh-diskda davlat sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlar bo‘lgan. Himoya tomonining ta'kidlashicha, Uilan diskda Rossiyaga avvalgi safarlari haqidagi shaxsiy ma'lumotlari bo‘lgan deb hisoblagan, ammo buni tekshira olmagan.
Mavzuga oid
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45 / 17.01.2026