Bugun 7 hududda - Toşkent şahri, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Andijon va Toşkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.

Bugungi 114 holatdan 81tasi karantin muassasalarida, 27tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölgan 6 kişiga ham virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.

Aholi orasida (+27)
Aholi orasida eng köp holat Toşkent şahrida qayd etildi - 10 kişi.

Bugun Surxondaryo viloyatiga koronavirus qaytdi - aholi orasida 9ta holat aniqlandi. Viloyatda keng qamrovli dezinfeksiya işlari boşlangan.

Viloyat 20 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Viloyatning tuman va şaharlarining «qizil», «sariq» va «yaşil» hududlari röyxati yangilandi: Endilikda Termiz şahri, Boysun, Muzrabot, Termiz va Şörçi tumanlari «qizil» hududlar, Sariosiyo tumani «sariq» hudud hisoblanadi. Angor, Bandixon, Denov, Jarqörğon, Qiziriq, Qumqörğon, Oltinsoy, Uzun va Şerobod tumanlari hozirça «yaşil» hududligiça qolgan.

Toşkent viloyatida esa aholi orasida jami 5ta yangi holat qayd etilgan.

Şuningdek, Buxoro viloyatida aholi orasida 2 kişiga, Sirdaryo viloyatida 1 kişiga koronavirus taşxisi qöyilgan.

Karantin (+81)
Xorijdan kelgaç Toşkent viloyatidagi Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolar orasida 67 holat aniqlandi.

Toşkent viloyatida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib karantinga olingan 10 kişida virus çiqqan.