Surxondaryoda bosqinçilik jinoyatini sodir etgan şaxsga nisbatan sud tomonidan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, 2019 yilning 22 dekabr kuni taxminan soat 23:30larda 23 yoşli T.R. yuziga tibbiyot niqobi va qöllariga qölqop taqib, piçoq bilan qurollangan holda Şerobod tumani Buyuk ipak yöli köçasidagi xususiy korxona hududiga temir panjaradan oşib tuşiş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirgan.
U korxona qorovuliga piçoq bilan hujum qilib, tan jarohat yetkaziş bilan qörqitib, elektr kabelni kesib olib, şu kabel yordamida qorovulning qöl va oyoqlarini, söng özini karavotga boğlab, 1-dökonning kuzatuv kamerasiga şikast yetkazib, ğayriqonuniy ravişda dökonga kirib, temir seyfni oçib, 7.000.000 söm pullar va Samsung galaxy J3 rusumli uyali aloqa vositasini qölga kiritgan. Bundan taşqari, T.R. 11-dökon oynasini sindirib, şkafdagi 8.500.000 söm pullarni qölga kiritib, hodisa joyidan yaşiringan.
Dastlabki tergov jarayonida T.R.dan jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan Samsung galaxy J3 telefon apparati va 9.284.000 söm miqdoridagi pullar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (uy-joyga yoki boşqa binoga ğayriqonuniy ravişda kirgan holda sodir etilgan bosqinçilik) bilan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Jinoyat işi ayblov xulosasi bilan tegişli sudlovga yuborilgan.
2020 yilning 14 may kundagi jinoyat işlari böyiça Şerobod tumani sudining hukmiga köra T.R. yuqoridagi jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.

















