31 may kuni Kun.uz'da «Ayol emas, xizmatkor kerak, deyişdi». Oddiy ayolning oddiy bölmagan hikoyasi» sarlavhasi bilan hayotiy hikoya e'lon qilingandi. Unda bir ayolning ayançli taqdiri hikoya tarzida bayon etilgan.
Uşbu hikoya e'lon qilingaç, öquvçilar tomonidan iliq fikrlar bildirildi. Bir qator yurtdoşlarimiz yordam beriş istagini bildirişdi. Bundan körinadiki, ayolning keçinmalari, qiyinçiliklari odamlarni befarq qoldirmagan.
Hikoya qahramoni qöşrabotlik Gulmira Qöşoqova turmuş örtoği bilan odamlarning uyida turli yumuşlarni qiliş evaziga kun körib keladi. Hikoya e'lon qilingaç, uşbu masalaga Samarqand viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi (HPB) e'tibor berib, ayolning muammosini ijobiy hal qiliş masalasi böyiça suriştiruv işlari olib bordi.
Qöşrabot tumani içki işlar bölimi boşliğining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari böyiça örinbosari Samandar Fozilov uşbu masala böyiça axborot berdi:

«Örganiş davomida G.Qöşoqovaning muqim uy-joyi yöqligi sababli hozirda Qöşrabot tuman markazida ikkinçi turmuş örtoği Alişer Xalimov bilan birga ijarada yaşab kelayotgani aniqlandi. G.Qöşoqova uy-joy masalasida 2019 yil may oylarida tuman hokimiyatiga murojaat qilgan. Tuman hokimiyati tomonidan uy ajratamiz deyilgan vaqtida «Obod mahalla» dasturi boşlanib, uy-joy masalasi orqaga surilgan. Söng respublika miqyosida karantin e'lon qilindi va jarayon vaqtinçalik töxtab qoldi.
G.Qöşoqovaga 2020 yil 5 iyun kuni «Çimmos» mahallasida joylaşgan, ta'mirdan çiqarilgan va eski pişgan ğiştdan qurilgan qişloq poliklinikasi binosidan 3ta xona hamda 6 sotix yer maydoni tuman hokimiyati tomonidan ajratib berildi. Uşbu bino jami 12ta xonadan iborat bölib, tuman hokimiyati va mahalla mas'ullari tomonidan dalolatnoma asosida yana 3ta kam ta'minlangan oilaga 3 xonadan teng holatda taqsimlanib, uşbu 4ta oilaga vaqtinça yaşab turişi uçun berildi.
Poliklinika tuman tibbiyot birlaşmasi balansida bölganligi sababli hozirda uşbu ajratib berilgan uy-joy va yer maydoni böyiça tuman mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi tomonidan tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilmoqda», dedi Samandar Fozilov.
Kun.uz muxbiri Muhabbat Ma'mirova tayyorladi

















