Joriy yilning 14 iyun kuni soat 20:40larda Navoiy viloyati, Xatirçi tumani hududidan ötuvçi 4R-48 “Zarafşon trakti” avtomobil yölining 135-km.da haydovçi, 1987 y.t. X.M. “Skaniya” rusumli yuk transport vositasini “Xatirçi-Navoiy” yönalişi böyiça boşqarib ketayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, u qarama-qarşi yönalişga çiqib ketişi natijasida qarşisidan harakatlanib kelayotgan haydovçi, 1994 y.t. Ş.B. boşqaruvida bölgan “Ford” rusumli transport vositasi bilan töqnaşib, YTH sodir etgan.

Natijada, “Skaniya” rusumli yuk transport vositasi haydovçisi X.M. oğir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. “Ford” rusumli transport vositasi haydovçisi Ş.B. tan jarohati olib şifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirçi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Barça yöl harakati qatnaşçilaridan yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qilişlarini, özlari va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.