Markaziy bankning eski namunadagi 50 va 100 sömlik tangalari, şuningdek, 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlarini ayirboşlaş hamda muomaladan qaytarib oliş tartibi töğrisidagi nizomga asosan 1997 yil namunasidagi 200 sömlik va 1999 yil namunasidagi 500 sömlik banknotlar 1 iyuldan qonuniy tölov vositasi sifatida öz kuçini yöqotadi.

«Eski namunadagi uşbu pul belgilari 1 iyulga qadar barça tijorat banklari bölinmalari, 1 iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy boş boşqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga çeklanmagan miqdorda almaştirib beriladi», deyiladi xabarda.

Şu munosabat bilan, fuqarolarda eski namunadagi 200 sömlik va 500 sömlik banknotlari mavjud bölsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almaştirib oliş mumkinligi eslatib ötilgan.

Eslatib ztamiz, 2019 yil 1 iyulidan Markaziy bankining eski namunadagi 50 sömlik, 100 sömlik tangalari hamda 50 sömlik va 100 sömlik banknotlari tölov qobiliyatini yöqotib, muomaladan çiqarilgandi.