Adliya vazirining buyruği bilan Davlat boşqaruv organlari va boşqa taşkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari körsatilişida samaradorlik va natijadorlikning asosiy körsatkiçlari hamda ularning faoliyatini baholaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
 
Vakolatli organlar tomonidan mas'ul xodimlarning faoliyati yiliga kamida bir marotaba baholab borilişi lozim. Nizom diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalariga, şuningdek tuman (şahar) davlat xizmatlari markazlarining xodimlariga tatbiq etilmaydi.
 
Norma’ning yozişiça, quyidagilar xodimlarning davlat xizmatlari körsatiş faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholaşning asosiy körsatkiçlari hisoblanadi:

belgilangan muddatdan oldin (keçiktirilib) körsatilgan davlat xizmatlari soni;

vakolatli organ tomonidan körsatiladigan davlat xizmatlarini takomillaştiriş böyiça taşabbuskorlik;

xodim tomonidan körsatilgan davlat xizmati yuzasidan foydalanuvçilardan kelib tuşgan şikoyatlar soni;

xodim tomonidan körsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga kiritilgan taqdimnoma hamda xodimga nisbatan qöllanilgan ma'muriy javobgarlik çoralari soni, qonun hujjatlariga muvofiq intizom ustavlar tatbiq etiladigan xodimlar bundan mustasno.
 
Har bir körsatkiç böyiça tegişli ballar hisoblanadi, misol uçun, muddatdan oldin körsatilgan davlat xizmatlari, ya'ni belgilangan muddatdan 50 foiz oldin va undan tezroq körsatilgan davlat xizmatlari uçun – 80 ball, 31 foizdan 50 foizgaça — 50 ball, 11 foizdan 30 foizgaça — 20 ball, 1 foizdan 10 foizgaça — 5 ball. Tegişinça, körsatkiçlar yomonlaşgan taqdirda ballar kamayadi.
 
Mas'ul xodimlar faoliyati natijalarini baholaş uçun uç kişidan kam bölmagan tarkibda, şu jumladan organ rahbari – komissiya raisi va davlat xizmatlari körsatiş bilan şuğullanmaydigan xodimlar orasidan komissiya şakllantiriladi.
 
Baholaş hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasiga qadar amalga oşiriladi.
 
Komissiya har bir xodim böyiça oddiy köpçilik ovozi bilan qaror qabul qiladi. Umumiy töplangan ballar quyidagiça baholanadi: