FA Astronomiya instituti xabariga köra, uşbu tutiliş töliq şakldagi halqasimon tutiliş hisoblanib, tutilişning töliq fazasida quyoş yuzasining 99,4 foizini taşkil qiladi. Quyoş tutilişi töliq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng böladi.
Uşbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevrosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylaşgan 111ta davlatda kuzatiş mumkin.
Bu davlatlar içida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Eritreya, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14ta davlat aholisi töliq şakldagi halqasimon quyoş tutilişini kuzatiş imkoniga egalar.

Özbekistonning hamma hududida qisman quyoş tutilişi kuzatiladi. Quyoş tutilişi eng katta qiymatiga erişgan vaqtida respublikaning şimoli-ğarbiy hududlarida ya'ni, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida quyoş yuzasining 39 foizdan 50 foizgaça bölgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida esa quyoş yuzasining 58 foizgaça bölgan qismi Oy tomonidan tösiladi. Respublikaning eng janubiy hududi – Termiz şahrida esa bu qiymat 63 foizgaça yetadi.
Quyoş tutilişi Toşkent vaqti bilan 10:01da boşlanadi, maksimum fazasi esa 11:24da kuzatiladi. Şu paytda Oy quyoş yuzasining 51 foizini tösadi va bu vaqtda quyoşning gorizontdan balandligi 68 darajani taşkil qiladi. Toşkent şahrida quyoş tutilişining umumiy davomiyligi 2 soat 49 daqiqani taşkil etadi. Soat 12:51da quyoş tutilişi yakuniga yetadi. Uşbu qiymatlar faqat Toşkent şahri uçun hisoblangan bölib, tutilişning boşlanişi, maksimal qiymati va tugaşi mamlakatning boşqa hududlarida ham şunga yaqin vaqtlarda va qiymatlarni aks etgan holda yuz beradi.

Halqasimon quyoş tutilişi deb quyoş yuzasining markazi Oy tomonidan tösilganida soya atrofida ingiçka yoruğ halqa hosil bölişiga aytiladi. Quyoş tutilişining halqasimon bölişi Oy va Yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq bölişi bilan izohlanadi. Oy Yerga qançalik yaqin paytda tutiliş bölsa quyoşning şunçalik katta qismi tösiladi.

















