Deputatlar, şuningdek, hukumatning yangi tarkibini va dasturini ma'qullaşgan. 

Boronov bungaça boş vazirning birinçi örinbosari lavozimini egallab kelgan. U öziga bildirilgan işonç va mas'uliyatli lavozimga nomzodi qöllab-quvvatlangani uçun minnatdorlik bildirgan. U parlament tomonidan ma'qullangan hukumat “texnik” hisoblanişini va keyingi VII çaqiriqdagi Jogorku Keneş şakllantirilgungaça işlaşini aytgan.

Ta'kidlanişiça, Boronovning nomzodi böyiça barça deputatlar 17 iyunda ovoz beradi. 

Boronov hukumat tarkibini tubdan özgartirişni rejalaştirmayotganini, biroq vazirlar mahkamasi apparatiga hamda aloqa va axborot texnologiyalari davlat qömitasiga yangi rahbarlar tayinlaşini ma'lum qilgan. U, şuningdek, boş vazir birinçi örinbosari lavozimiga “Qirğiziston” parlament fraksiyasining sobiq yetakçisi Almazbek Baatirbekov nomzodini taklif qilgan.    

Qirğiziston hukumatiga 2018 yil aprelidan boşçilik qilib kelgan Muhammadkaliy Abilgaziyev aloqa davlat agentligidagi korrupsiyaga ehtimoliy aloqadorligi böyiça mojaro ortida 15 iyunda öz xohişiga köra iste'fo berdi. Şu sababli u tomonidan boşqarilgan hukumat ham iste'foga ketgan, deb hisoblangan.