«Ming afsuski, viloyatdagi ayrim rahbar va xodimlarning, fuqarolarimizning karantin qoidalariga qat'iy rioya qilişdagi e'tiborsizligi koronavirus infeksiyasi bilan boğliq epidemiologik vaziyatning keskinlaşuviga sabab bölmoqda.

Misol uçun, viloyat taşkilotlarining birida karantin qoidalariga rioya etilmaganligi, ya'ni xodimlarning işga kelişida termometriya qilinmaganligi, antiseptik vositalaridan foydalanilmaganligi, 2 metrlik ijtimoiy masofa saqlanmaganligi, niqob taqiş va dizenfeksiya işlari amalga oşirilmaganligi natijasida Toşkent şahrida xizmat safarida bölib qaytgan bemor xodim işga çiqib, hamkasabalariga koronavirus infeksiyasining yuqişiga sababçi bölgan.

Buning natijasida uşbu bemor bilan muloqotda bölgan 300 nafardan ortiq fuqaro bugungi kunda karantinga olinib, 9 nafarining uşbu kasallikka çalinganligi tasdiqlandi. Yana bir neçta fuqaroda uşbu kasallik gumon qilinmoqda», — dedi Töra Bobolov öz çiqişida.

Töy va ma'rakalarning belgilangan talablar böyiça ötkazilmagani oqibatida ham fuqarolar karantinga olinayotganiga töxtalgan viloyat hokimi Muzrabot tumanida ötkazilgan töyda belgilangan qoidalarga amal qilinmaganligi natijasida 250dan ortiq fuqaro karantinga olinganini aytib ötgan.

Viloyat viloyatda ayni kunlarda 4118 nafar fuqaro karantinga olingani, ularning 298 nafari tibbiyot muassasalarida, 678 nafari sihatgoh va maxsus binolarda, 3142 nafari esa öz uylarida kuzatuvda bölib turgani ma'lum qilindi.

«Eng yomoni — koronavirus infeksiyasi aholi orasida aniqlanyapti. Ular kasallikni aynan qayerda yuqtirganini, kasallik manbayini aniqlaş qiyin bölyapti.

Kuzatilayotgan epidemik vaziyatni hisobga olib, biz bugundan (16 iyundan — tahr.) viloyat markazi Termiz şahriga kirib-çiqişni töxtatdik va bir qator yumşatişlarni bekor qildik.

Epidemiologik vaziyat murakab bölgan Termiz, Denov, Muzrabot, Şörçi, Qumqörğon va Boysun tumanlarida ham karantin talablarini qat'iylaştiramiz», — degan Töra Bobolov.