Toşkentdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 11 nafar, Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 3 nafar hamda 3-sonli tuğruq majmuasida 4 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğaydi va öz uylariga kuzatildi.

Endilikda Toşkent şahrida koronavirus infeksiyasidan soğayganlar 2130 nafarga yetdi.

Bundan avvalroq Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida 35 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğayib, öz uyiga kuzatilgani xabar qilingandi.

Şu tariqa, bugun 68 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan soğayganlar 4199 nafarni taşkil etmoqda.