Rossiya kommunistik partiyasi deputatlari Yevgeniy Stupin va Oleg Şeremetev, siyosatşunos Valeriy Solovey va huquqşunos Sergey Boçarov Rossiya Oliy sudiga prezident Vladimir Putinning farmonini noqonuniy deb tan oliş talabi bilan ariza topşirişdi. Gap Putinning konstitutsiyaga kiritilişi taklif qilinayotgan tuzatmalar böyiça 1 iyulda ovoz beriş ötkazilişi haqidagi farmoni haqida bormoqda.
Arzçilarning ta'kidlaşiça, pandemiya şaroitida ovoz berişni ötkaziş jinoyatdir.
“Bunga sabab - mağlub etilmagan virusdan har kuni önlab, ba'zida yuzlab odamlar ölmoqda. Bunday şaroitlarda ovoz berişni ötkaziş jinoyatdir. Putin farmonining bekor qilinişi köplab hayotlarni saqlab qoladi”, deb yozgan Facebook’da da'vo arizasi mualliflaridan biri.
Oliy sudga şunday mazmundagi şikoyat bilan yana bir rossiyalik, Kirov oblastining “Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati” rahbari Gennadiy Rudyak ham murojaat qilgan. 16 iyunda uning arizasi röyxatga olinib, sudyaga topşirilgan. Unda javob beruvçi sifatida Vladimir Putin körsatilgan. Biroq oliy sud Rudyakning arizasini qabul qilişni rad etgan.
14 mart kuni Putin konstitutsiyaga bir neça ön tuzatişlar kiritiş haqidagi qonunni imzolagan. Hujjat konstitutsiyaviy sud tomonidan ma'qullangan. 1 iyulda taklif qilinayotgan tuzatmalar böyiça umummilliy referendum ötkaziş belgilangan. Tuzatmalardan eng muhimi Putinga prezident lavozimiga yana nomzodini ilgari surişga va hokimiyat tepasida 2036 yilgaça qoliş imkonini beradi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Rossiyada koronavirusga çalinganlar soni 561 mingdan oşib ketdi, undan 7660 kişi vafot etgan, 313 mingdan köproq kişi soğayib ketgan.












