AQŞning Portlend şahrida irqiy tengsizlik va politsiya zöravonligiga qarşi ötkazilgan norozilik namoyişi qatnaşçilari AQŞ asosçisi va birinçi prezidenti Jorj Vaşington haykalini ağdarib taşlaşdi. Buhaqda CBS News telekanali xabar berdi.
18 iyun kuni keçga yaqin bir neça ön kişi yodgorlik yonida töplangan va unga Vaşingtonni irqçilikda ayblab hamda Jorj Floydni xotirlab yozuvlar yozişgan. Haykal boşiga esa AQŞ bayroğini örab yoqib yuborişgan.
Qoronğu tuşganida norozilik bildiruvçilar yanada köpaygan va ular haykalni ağdarib taşlaşgan.
AQŞning önlab şaharlarida norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Noroziliklar Minneapolisda qora tanli Jorj Floyd politsiya tomonidan qölga oliş çoğida halok bölganidan söng boşlandi.


















