Feysbuk ma'muriyatiga Tramp e'lon qilgan video yuzasidan mualliflik huquqi buzilişi holati borligi haqida şikoyat tuşgan. Şundan söng feysbuk videoni öçirgan. Ma'lum bölişiça, Tramp öz sahifasiga joylagan video boşqalarga tegişli bölgan va AQŞ prezidenti uni «öğirlab» olgan.
Politico gazetasida yozilişiça, Tramp öz sahifasiga joylagan video Jikin Media kompaniyasining hamkorlaridan biriga tegişli bölgan va heç kim undan foydalanişga ruxsat olmagan. Öz mulki bölgan videodan ruxsatsiz foydalanilganidan xabar topgan kompaniya feysbuk ma'muriyatiga şikoyat yöllagan. Ijtimoiy tarmoq muharrirlari holatni tekşirib, AQŞ prezidenti çindan mualliflik huquqi haqidagi qonunlarni buzganini aniqlagan va Trampning sahifasidan videoni öçirgan.
«Biz uşbu videoning egasi bölgan kompaniyadan mualliflik huquqi buzilgani haqida şikoyat oldik. Tekşirganimizda Tramp mualliflik huquqi haqidagi qonunni buzib, boşqalarga tegişli bölgan videoni öz sahifasiga joylagani tasdiqlandi. Şundan söng videoni uning sahifasidan öçirdik», degan feysbuk vakili naşrga.
Donald Tramp mualliflik haquqini buzib, feysbuk sahifasida joylagan video CNN telekanalida körsatilgan kadrlarga juda öxşaş bölgan. Videoda qora tanli bola oq tanli boladan qoçib ketadi va «qörqib ketgan bola irqçi boladan qoçib ketdi», degan yozuv paydo böladi. Tramp hozirça videoni «öğirlab olgani» haqidagi gaplarga va feysbuk uni öçirganiga izoh bermadi.
Ma'lumot uçun, avvalroq tvitter ijtimoiy tarmoği ham Tramp tomonidan yozilgan tvitni öçirgan edi va AQŞ prezidenti yozgan bitta postni «yolğon» deb belgilagandi.












