Apple Mac kompyuterlarida Intel protsessorlaridan foydalanişdan voz keçişga va özi işlab çiqargan çiplardan foydalanişga qaror qildi. Bu kompaniyaning Intel bilan 15 yillik hamkorligi nihoyasiga yetayotganligini anglatadi.

Apple protsessorlari bilan jihozlangan ilk Mac kompyuterlari şu yil oxirigaça çiqadi, dedi kompaniya rahbari Tim Kuk.

Apple yangi protsessorlar kompyuterlarning samaradorligini oşirişga yordam beradi deb hisoblamoqda.  

Microsoft va Adobe özlarining Office va Photoshop paketlarini Apple çiplariga moslaştira boşladi.

Kompaniya öz kompyuterlarini özi işlab çiqargan çiplar bilan jihozlaydigan yagona eng yirik işlab çiqaruvçiga aylanadi. HP, Lenovo, Dell va Asus protsessorlarni Intel korporatsiyasidan sotib oladi.

Apple  yiliga 20 mln dona Mac kompyuterlarini sotadi, bu unga 25 mlrd dollar daromad keltiradi, deb yozadi  Bloomberg.