Özbekiston ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qiliş parametrlarining ta'lim yönalişlari va öqitiş tillari böyiça, şuningdek, magistratura uçun mutaxassisliklar va öqitiş tillari böyiça taqsimlanişi tasdiqlandi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabarida aytilişiça, Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 öquv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada ötkaziladi.
Bunda har bir abituriyent uçun binolarda 3 m2 dan kam bölmagan joy ajratiladi.
Koronavirus pandemiyasi şaroitida sanitariya normalari talablaridan kelib çiqib, imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uçun alohida kutiş (töplaniş) joylari taşkil qilinmaydi.













