AQŞda yodgorliklarga zarar yetkazganlar 10 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.

"Men federal hukumatga yodgorliklar, haykallar va boşqa federal mulklarga zarar yetkazayotgan barçani hibsga oliş va ön yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosini qöllaşga ruxsat berdim", - deb yozdi u Twitter akkauntida.

Tramp bu farmoyişi zudlik bilan kuçga kirişini va ilgari sodir etilgan harakatlarga nisbatan ham qöllanilişi mumkinligini qöşimça qildi.

Iyun oyi boşida AQŞdagi irqçilik va politsiyaning zöravonligiga qarşi namoyişlar vaqtida qul savdogarlari va konfederatlar armiyalari generallariga qöyilgan yodgorliklar buzib taşlanişi kuzatilgan edi.

Norozilik namoyişçilari Xristofor Kolumb haykallarini hamda AQŞning birinçi prezidenti Jorj Vaşington haykalini ağdarib taşlaşdi.