Polşa hukumati 2033 yilda birinçi reaktorni işga tuşirişni möljallagan.
Vaşington Varşava bilan yadro energetikasi sohasida şartnoma tuziş hamda Polşada bir neçta yirik AESlar quriş böyiça şartnomalarni amalga oşiriş niyatida. Bu haqda AQŞ ma'muriyati vakili Polşa prezidenti Anjyey Dudaning Vaşingtonga bölajak taşrifiga bağişlangan brifingda ma'lum qildi.
"Biz Polşaga Amerika texnologiyasini qöllagan holda yirik atom elektr stansiyalari qurişda ilgarilab ketişga imkon beradigan yadroviy energiyadan tinçlik yölida foydalaniş sohasida ikki tomonlama şartnoma tuzişga harakat qilmoqdamiz", - dedi Oq uy vakili.
Uning ta'kidlaşiça, hozirda Amerika hukumatining xalqaro taraqqiyot böyiça moliya korporatsiyasi AQŞning boşqa mamlakatlarda yadroviy loyihalarni amalga oşirişiga qöyilgan taqiqni bekor qiliş ustida iş olib bormoqda. Bu Vaşington va Varşava örtasida yadroviy sohada hamkorlik qiliş imkonini beradi.
Ötgan yil noyabrda Polşa hukumatining strategik energetika ifnrastrukturasi masalalari böyiça vakili Pyotr Naimskiy Varşava 2020 yilda mamlakatdagi birinçi atom elektr stansiyasi qurilişini moliyalaştiriş masalasini hal qilişga urinişini aytgandi. Polşa hukumati 2033 yilda birinçi reaktorni işga tuşirişni möljallagan.
Polşa 20 yil içida oltita yadroviy energiya blokini qurişni rejalaştirgan. Mamlakat AQŞ, Yaponiya va Koreya Respublikasini salohiyatli hamkorlar sifatida körmoqda.












