Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida Özbekistondagi ilk “Smart City” (“aqlli şahar”) qurilişi uçun Toşkent yöli köçasida 213 ta obekt buzilib, joy egalariga mahalliy budjet hisobidan 24,5 milliard söm tovon puli tölab berilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, şaharning markaziy köçasida 172 ta bino va inşoot barpo etilişi rejalaştirilgan bölib, bugungi kunda ularning 36 tasida quriliş işlari olib borilyapti. Uşbu obektlarga suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortilmoqda.

«Kanalizatsiya tizimi, içimlik suv, gaz va elektr energiyasi ta'minotlari butunlay yangidan yölga qöyiladi. Kanalizatsiya va içimlik suv quvurlari uçun hukumatimiz tomonidan 141 milliard söm mablağ ajratildi. Bundan taşqari, 4 ming kub suvni tozalaydigan inşoot barpo etilmoqda. Toşkent yöli köçasida 9 ta banklarning binolari bunyod etildi. Bir-ikki yil mobaynida 96 ta ana şunday inşootlar quriladi. Hozirgi kunda 14 ta yetti qavatli turarjoy binosi foydalanişga topşirildi.

Şu bilan birga, şaharda Yoşlar ittifoqining viloyat kengaşi, viloyat Adliya, Moliya va Favqulodda vaziyatlar boşqarmalari ma'muriy binolari, avtosalon qurilib, foydalanişga topşirildi», – deydi xalq deputatlari Nurafşon şahar kengaşi deputati Ahmadali Sarmonov.

Toşkent viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Nurafşon şahrini mamlakatimizdagi birinçi aqlli şaharga aylantiriş haqidagi konsepsiyaga muvofiq şaharda ma'muriy binolar, zamonaviy turarjoylar, biznes markazlari, mehmonxonalar, sport majmualari, yoşlar ijodiyot markazlari, kutubxonalar, maktablar, köp tarmoqli şifoxonalar bunyod etiladi.

Savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, istirohat boğlari, yaşil maydonlar, piyodalar va velosipedçilar uçun xiyobonlar, yöllar quriladi. Jamoat transporti harakati ham yölga qöyiladi.

Uç yil davomida tor va uydim-çuqur içki köçalar, ta'mirtalab avtomobil yöllari, xullas, şahardagi butun infratuzilma yangilanib boriladi.  

Umumiy maydoni 217 gektar gektardan iborat bölgan Töytepa şaharçasi örnida vujudga kelgan Nurafşon şahrining jami maydoni bugungi kunda qariyb 16 baravar kengaygan bölib, ayni paytda 3248,2 gektarga teng. Mavjud 22 ta mahalla fuqarolar yiğinida 48,5 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, joriy yilda Nurafşon şahrida umumiy qiymati 782 mlrd 500 mln sömdan iborat 41 ta investitsiya loyihasi amalga oşiriladi.