17 iyun kuni Financial Times naşrida «Rivojlanayotgan mamlakatlar ham miqdoriy yumşatişdan foydalanişi mumkin» sarlavhali maqola e'lon qilindi. Maqolada bugungi kunda iqtisodiyotni rağbatlantirişda miqdoriy yumşatişdan nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlar ham foydalayotganiga e'tibor qaratiladi. Buni Xorvatiya, Polşa, Ruminiya, Çili va Indoneziya kabi rivojlanayotgan davlatlar tajribasi körsatmoqda, ular yil boşidan uşbu siyosatni qöllab, pandemiya şaroitida belgilangan vazifalarni samarali hal qilmoqda.
- Miqdoriy yumşatiş – monetar siyosat instrumenti bölib, bunda markaziy bank naqdsiz pul emissiyasi örniga hukumat, bank va xususiy kompaniyalardan çiqariliş davrida ham, uning kelgusi muomalasi uçun ham qarz qimmatli qoğozlarni sotib oladi. Bilvosita ta'sirning an'anaviy instrumentlari iş bermaganda mana şunday siyosat qöl keladi. Uning mohiyati ortiqça bank rezervlarini oşiriş hamda şuning hisobiga aktivlar hamda foiz stavkalarini mos ravişda pasaytirişdan iborat.
Özbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov Özbekiston monetar siyosatida uşbu instrumentni qöllaş imkoniyati yuzasidan öz mulohazalarini bildirdi.

«Financial Times maqolasida bayon etilgan holatlar Özbekiston uçun pragmatik ahamiyatga ega, ular özbek monetar siyosati uçun ham, fond birjasi uçun ham foydali. Mahalliy şaroitda mavzuning dolzarbligiga alohida e'tibor qaratilib, korporativ obligatsiyalarni çiqariş jarayonini jadallaştiriş hamda, eng muhimi, davlat qimmatli qoğozlari bozorini erkinlaştiriş va rivojlantiriş lozimligi körsatilgan.
Davlat va korporativ obligatsiyalar birlamçi bozorida bitimlar tuzilişi mumkinligi jihatidan bunday moliyaviy instrument Özbekiston uçun nihoyatda dolzarb deb öylayman.
Ayonki, iqtisodiyot, mahalliy kapital bozorini qöllab-quvvatlaş hamda budjet defitsitini moliyalaştiriş uçun bizda ham QE (quantitative easing) (tahr. – miqdoriy yumşatiş) siyosatini qöllaş mumkin, bunda markaziy bank hukumat (Moliya vazirligi) çiqargan obligatsiyalarni sotib oladi», deydi agentlik rahbari.
Ta'kidlanişiça, Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi tomonidan normativ hujjatlar bazasi işlab çiqilgani bois birinçi vazifa böyiça qonunçilik muammolari qisman hal qilindi. 19 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati korporativ MÇJlarga (AJ soni 600 bölsa, MÇJlar soni 140,000dan ortiq) obligatsiyalarni çiqariş huquqini beriş orqali bu jarayonni bir qadar yengillaştiruvçi özgartirişlarni ma'qulladi va qimmatli qoğozlar bozori qonunçiligiga özgartiş va qöşimçalar kiritdi.










