200 va 500 sömlik qoğoz pullar muomaladan çiqariladi

  • 1997 yil namunasidagi 200 sömlik;
  • 1999 yil namunasidagi 500 sömlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy tölov vositasi sifatida öz kuçini yöqotadi.

Asos: «Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 sömlik tangalarini, şuningdek, 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlarini ayirboşlaş hamda muomaladan qaytarib oliş tartibi töğrisida»gi nizom.

Özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida amalga oşiriladi, vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini beriş tartibi bekor qilinadi

Prezident qarori bilan, 2020 yil 1 iyuldan:

  • özini özi band qilgan şaxslarni röyxatga oliş xabar beriş tartibida özini özi band qilgan sifatida röyxatdan ötganlikni tasdiqlovçi matritsali ştrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali amalga oşiriladi hamda vaqtinçalik mehnat guvohnomalarini beriş tartibi bekor qilinadi;
  • özini özi band qilgan şaxslar 2020 yil uçun ijtimoiy soliqni özini özi band qilgan şaxs sifatida haqiqatda işlagan vaqtidan qat'i nazar BHMning kamida 50 foizi hajmida tölaydi hamda uşbu summa töliqligiça budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yönaltiriladi va undan kelib çiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun örnatilgan tartibda pensiya hisoblaş uçun daromad hajmi aniqlanadi.

Eslatib ötamiz, özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) turlari soni 24tadan 67taga köpaytirilib, ular daromad soliğidan ozod etilmoqda.

Asos: «Tadbirkorlik faoliyati va özini özi band qilişni davlat tomonidan tartibga solişni soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori

Nodavlat (xususiy) muzeylar, badiiy galereyalar va hunarmandçilik markazlari uçun ayrim soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi