Davlat test markazi xotin-qizlar uchun ajratiladigan qo‘shimcha 4 foizli davlat grantining hududlar kesimidagi taqsimotini e'lon qildi.
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021 o‘quv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan 4 foizli qo‘shimcha davlat granti uchun respublika bo‘yicha jami 940ta joy ajratilgan.
Viloyatlar kesimida o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 51;
- Andijon viloyati – 85;
- Buxoro viloyati – 53;
- Jizzax viloyati – 36;
- Qashqadaryo viloyati – 88;
- Navoiy viloyati – 28;
- Namangan viloyati – 75;
- Samarqand viloyati – 104;
- Surxondaryo viloyati – 71;
- Sirdaryo viloyati – 49;
- Toshkent viloyati – 80;
- Farg‘ona viloyati – 100;
- Xorazm viloyati – 50;
- Toshkent shahar – 70.
Eslatib o‘tamiz, davlat granti uchun tavsiyanomalar quyidagi toifa xotin-qizlarga beriladi:
- kam ta'minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
- to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
- 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
- shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;
- nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
- oliy ma'lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marta past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).
















