Toşkent tibbiyot akademiyasining köp tarmoqli klinikasida yana 27 nafar, Toşkent şahar 1-son klinik şifoxonasida 2 nafar, Qaşqadaryo viloyatida 17 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, jami 51 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğaydi.
Toşkentda tuzalganlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bölib, ularning eng yoşi uluği 56 yoşda va eng kiçigi 19 yoşda. Hududlar kesimida olinsa, soğayganlarning 13 nafari Toşkent şahridan, 6 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasidan, 3 nafari Qaşqadaryo viloyatidan, 2 nafardan Andijon va Namangan viloyatlaridan va 1 nafardan Toşkent, Farğona va Jizzax viloyatlaridan.
Şu tariqa ayni paytgaça Toşkent şahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 2635 nafarga yetdi.
Qaşqadaryo viloyatida Covid-19’dan tuzalganlarning 6 nafari uşbu hududdan bölsa, 10 nafari Qozoğiston, 1 nafari Turkiya fuqarosidir. Ularning 14 nafari erkak, 3 nafari ayol, şuningdek, eng yoşi kattasi 51 yoşda, kiçigi esa 2019 yilda tuğilgan. Endilikda Qaşqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan soğayganlarning soni 23 nafarga yetdi. Bungaça viloyatda oxirgi marta koronavirusga çalingan bemor 1 mayda soğayib çiqqandi.
Namangan viloyatida kasallikdan foriğ bölganlarning barçasi uşbu hududdan. Ularning 4 nafari erkak va 1 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 51 yoşda, eng kiçigi 2019 yilda tuğilgan. Bugungi kunda Namangan viloyatida koronavirusdan soğayganlar soni 270 nafarga yetdi.
Bundan oldinroq, Toşkentdagi tibbiyot muassasalarida 39 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.
Şunday qilib, bugun Özbekistonda şu soatgaça 90 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat böylab soğayganlar soni 4775 nafarni taşkil etmoqda.
Özbekistonda 23 iyun kuni 110 nafar, 24 iyun kuni esa 125 nafar bemor soğayib çiqqandi.













