«Mamlakatimizda pandemiya davrida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, iş örinlari yaratiş asosiy e'tiborda.
Prezidentimiz ötgan yili Namangan viloyatiga taşrifi çoğida ijtimoiy himoyaga muhtoj, işsiz, kam ta'minlangan oilalar bandligini ta'minlaş orqali doimiy daromad manbalariga ega bölişlariga kömaklaşiş yuzasidan topşiriqlar bergan edi. Uşbu vazifalar ijrosi doirasida viloyat hokimligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida «Bir joyda - ming oila issiqxonasi» loyihasi amalga oşirilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Baland adir daştliklarida uzoq yillar davomida foydalanilmagan 36 gektar maydondagi har biri 2 sotixli 1000ta issiqxona loyihasi «Golden Nats Namangan» agro tomorqa xizmati mas'uliyati çeklangan jamiyat hamkorligida amalga oşirilmoqda.

Umumiy qiymati 13 milliard söm bölgan loyihaga Bandlikka kömaklaşiş jamğarmasi hisobidan 6,7 milliard söm subsidiya mablağlari va tijorat banklarining 6,3 millard sömlik imtiyozli krediti yönaltirilmoqda.

Hozirgi kunda yiliga 7 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetiştiriş imkonini beradigan har biri 2 sotixdan bölgan 800 ta issiqxona qurib egalariga topşirildi. Qolgan 200 tasi iyul oyi oxirida foydalanişga topşirilişi kutilmoqda.

Uşbu loyihaning afzalligi şundaki, «Bir mahalla - bir mahsulot» tamoyili asosida bir joyda eksportbop sifatli mahsulot yetiştiriladi, kambağal oilalar doimiy daromad manbalariga ega böladi va bandligi ta'minladi. Yana bir qulayligi - mahsulotni yetiştirişda köçat, suv, mineral öğit hamda bozor ta'minoti yetakçi tadbirkor tomonidan kafolatlanadi.
Ayni paytda Çortoq tumanidagi 800ta kambağal oila a'zolarining bandligi ta'minlandi.

Prezidentga uşbu loyihaning afzalliklari va imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.




















