Ikki mansabdor o‘zgalar nomidan bank kartalari ochib, 1,6 mlrd so‘mni naqdlashtirgani aniqlandi
Buxoroda 6 fuqaroning nomidan bank kartalari ochib faoliyat yuritgan MChJ rahbari va «Asaka bank» viloyat bo‘limi mansabdoriga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.M.F» MChJ rahbari N.X. «Asaka bank» Buxoro viloyat filiali bo‘lim rahbari F.F. bilan oldindan til biriktirib, 6 nafar fuqaroning xabardorligisiz, ularning nomiga bank plastik kartalarni rasmiylashtirib, 1,6 mlrd so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgani aniqlangan.
Holat yuzasidan MChJ rahbari va bank mansabdoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 189-moddasi 1-qismi (Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 1 va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yunusobod tumanida fuqaroga qalbaki hujjatlar tayyorlab berishni va'da qilgan firibgar ushlandi
Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.I. M.S.ning ishonchiga kirib, tumanda savdo do‘koni qurishi uchun yer maydoni ajratib berish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va'da qilib, evaziga uning 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, kompyuter texnikasidan foydalangan holda qalbaki hujjatlarni tayyorlab bergani aniqlangan.
O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro Sh.I. tomonidan tayyorlangan hujjatlar qalbaki ekani ma'lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan fuqaro Sh.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v» bandi (kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024