Agarda Amerika hukumati talablarni bajarmaydigan bölsa, Black Lives Matter tarafdorlari "tizimga öt qöyadi va uni almaştiradi", dedi taşkilotning Nyu-Yorkdagi bölimi rahbari Xouk Nyusom Fox News telekanali efirida.
Uning sözlariga köra, Amerika tizimi mustaqillik uruşidan boşlab zöravonlikka asoslangan.
"AQŞ rejimlarga aralaşadi va ularni yöq qiladi, ularning rahbarlarini özlariga yoqqanlar bilan almaştiradi. Şunday ekan, har qanday amerikalikning bizni zöravonlikka moyil deyişi ikkiyuzlamaçilikdir", — dedi Nyusom.
U zöravonlikni oqlamasligini, ammo bu kuraşning yagona samarali usuli deb hisoblaşini aytdi. Nyusom qora tanlilar öz maqsadiga erişgan 60-yillardagi voqealarni misol qilib keltirdi.
"Agar bu mamlakat biz istagan narsani bermasa, biz bu tizimga öt qöyamiz va uni almaştiramiz", — dedi u.
Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qölga oliş çoğida halok bölganidan söng AQŞdagi şaharlarda norozilik namoyişlari va tartibsizliklar bölib ötdi. Namoyişçilar zöravonlik va irqçilikka çek qöyişni talab qildi.


















