Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida faxriy jurnalistlarga moddiy kömak körsatiş boşlangani haqida xabar berdi.

«Koronavirus infeksiyasining tarqalişi va karantin çoralarining kuçayişi davrida Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi «Xavfsiz yordam» loyihasi doirasida faxriy jurnalistlarga kömak berişning birinçi bosqiçini amalga oşirgan va ularni oziq-ovqat paketlari bilan ta'minlagan edi.

Avval va'da qilinganidek, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida loyihaning ikkinçi bosqiçiga start berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamkasblarimizga hisobida 1 million sömlik mablağ mavjud bölgan  plastik kartalar navbati bilan tarqatilmoqda.

Umid qilamizki, mazkur çoralar hozirgi muşkul vaziyatda oz bölsada kömak va yordam böla oladi», deyiladi fond matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, şu yilning aprel oyida fond tomonidan röyxatdagilarga ikki bosqiçda jami 150 million sömlik moddiy yordam körsatilişi xabar qilingandi.