Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov #xavfsizyordam loyihasini davom ettirgan holda, jurnalistika va telekommunikatsiya sohasining 100 nafar vakillari röyxati şakllantirilganini ma'lum qildi.
“Mazkur röyxatning asosini jurnalistika sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar taşkil qildi, şuningdek salomatligini tiklaş uçun davolanayotgan hamda turli oilaviy sabablarga köra ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan jurnalistlar ham kiritildi. Röyxatni şakllantirişda, tegişli taşkilotlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi jurnalistlar guruhlari yaqindan yordam berişdi”, - deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilişiça, Fond tomonidan röyxatdagilarga ikki bosqiçda jami 150 million sömlik moddiy yordam körsatiladi. Xususan, birinçi bosqiçda ularning uylariga oziq-ovqat mahsulotlari töplami yetkaziliş boşlangan bölsa, keyingi bosqiçda ularning har biriga maxsus plastik kartoçkalarda 1 mln sömdan pul mablağlari taqdim etiladi.
“Biz bugungi sinovli kunlarda moddiy yordamga muhtoj hamkasblarimizni qöllab-quvvatlaş uçun barça imkoniyatlarni işga solişni öz burçimiz deb bilamiz”, - deb yozadi Komil Allamjonov.





















