Özbekistondagi karantin kunlari iqtisodiyot uçun ham, aholi uçun ham jiddiy sinov böldi. Ayniqsa, moliyaviy zaxiraga ega bölmagan va hatto yaxşi işlab turgan iqtisodiyot davrida ham kambağallik yoqasida bölganlar jiddiy jabr körmoqda.
Köpçilik uçun bu favqulodda vaziyat insoniylik sinoviga aylandi. Toşkentda dastlabki kunlardanoq aholining zaif qatlamlarini: nogironlar, keksa yoşlilar va köp bolali oilalarni, şuningdek kunlik daromadlarini yöqotganlarni qöllab-quvvatlaş uçun köngillilar harakati yölga qöyildi.
Yuzlab odamlar özlari taşabbus körsatib, özi uçun zaxiralab qöygan mahsulotlarini baham körişdi, garçi ular özlari moliyaviy qiyin ahvolda bölsada, yoki şunday holatga tuşib qoliş ehtimoli bölişiga qaramay, bir-birlariga yordam berişmoqda. Tadbirkorlar ham minglab oilalarga yordam körsatişni taşkillaştiriş orqali öz hissalarini qöşişmoqda.
Xalqimizda juda ajoyib xususiyat bor − mehribonlik

«Özekspomarkaz»da Homiylik yordamini muvofiqlaştiriş markazi taşkil etildi va faoliyat yuritmoqda, unda Yoşlar ittifoqining 150 nafar köngillilari hamda tibbiyot oliygohi talabalari işlaşmoqda. Şaharning barça burçaklaridan xayriya oqimi şu markazga töplanadi. Keyin xayriya mablağlari orqali sotib olingan yoki taqdim etilgan oziq-ovqat va boşqa mahsulotlar tarqatilib, manzillarga yetkaziladi. 2 apreldan 13 aprelga qadar 27 mingdan ortiq oziq-ovqat paketlari manzillariga yetkazib berildi.

Şu örinda Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi yordamning tubdan yangi şaklini işlab çiqdi va joriy etdi. Bu strategiya pandemiya davrida yordam olayotganlar bilan özaro kontaktlarni qisqartirişga imkon beradi, çunki karantin qoidalariga rioya qiliş va ijtimoiy masofa saqlaş juda muhimdir.
Saida Mirziyoyeva:
«Bugungi tahlikali kunlarda ön minglab odam bir-biriga yordam qölini çözmoqda, qalbining bir parçasini berib, bir-birini qöllab-quvvatlamoqda.
Eng muhimi esa, odamlar nafaqat yordam berişmoqda, balki borini baham körişmoqda. Ulaşiş — bu muhtoj bölgan kişiga yordam beriş uçun özining farovonligining bir qismini berişni anglatadi.





















