Namangan haqida qonuniyat darajasidagi umumiyliklarga nazar taşlaş foydadan xoli bölmaydi. Bu viloyatda yaşovçi har bir odamning tadbirkorlikka, dehqonçilikka uquvi bordek tasavvur uyğonadi va bu tasavvurda jon borligiga bir neça marta amin böldik.

Dehqonçilikda, ayniqsa sönggi yillarda şiddat bilan rivojlanayotgan issiqxona yönalişida deyarli har bir mahallada şuğullanişadi. Viloyatning töqimaçilik sohasidagi yutuqlari ham unga “tekstil poytaxti” degan nom bejiz qöllanmayotganini anglatadi. Eng muhimi – har qanday loyiha, xoh u işlab çiqarişni yölga qöyiş bölsin, xoh minglab issiqxonalar majmuasi bölsin, juda katta masştabda boşlangan va ularni amalga oşişi hatto qiyindek tuyiladi. Lekin har birining egalari xotirjam, bemalol yurita olişlariga közlari yetadi.

Davlat rahbarining Namanganga taşrifi doirasida bir guruh jurnalistlar viloyatdagi qator obektlarga bordik va har biriga oid qiziqarli ma'lumotlar bilan tanişdik.

Art Soft ceramics holding kompaniyasiga taşrifimiz çoğida bizga kompaniya kuzatuv kengaşi raisi Olimjon Boboxonov hamrohlik qildi. Prezidentga «Yuksaliş» kiçik sanoat zonasidagi mana şu holding tarkibiga kiruvçi «Flat Tile» mas'uliyati çeklangan jamiyatning kafel-keramika mahsulotlari işlab çiqariş loyihasi taqdim etilgan.

– Keramik plitalar (kafellar) işlab çiqarişni boşlaşimizga sabab bu mahsulotga içki va taşqi bozorda ehtiyojning juda yuqoriligi bilan boğliq. Hozirgi kunda Özbekiston bozoridagi 55 foizgaça keramika mahsulotlari import qilinadi.

Davlat rahbari ham birinçi navbatda mana şu jihatga e'tibor qaratdi. Mahsulotni tezroq mahalliylaştiriş, eksport hajmini oşiriş bilan birga kun sayin rivojlanayotgan quriliş sohasiga sifatli mahsulot yetkazib berişimiz zarurligini ta'kidladi. Qolaversa, prezidentimiz işçilarimizga yaratilayotgan şaroitlar, iş örinlarini oşiriş bilan ham qiziqdi.

Bu borada könglimiz töq, işçilarimiz bemalol işlaşlari va dam olişlari uçun zarur şaroitlar yaratilgan, issiq ovqatlarni vaqtida beramiz. Asosan yoşlardan iborat xodimlarimiz safini ham kengaytirib boryapmiz. Sababi, uzluksiz jarayon bölgan işlab çiqarişimiz sur'ati tuşmasligidan birinçi navbatda özimiz manfaatdormiz.