Joriy saylovlarda 11 nomzod, jumladan amaldagi prezident Anjyey Duda iştirok etmoqda. U ikkinçi muddatga nomzodini ilgari surgan. 30 mlndan köproq polşalik ovoz beriş huquqiga ega bölib, ulardan 387 ming nafari xorijda ovoz beradi.
Koronavirus pandemiyasi sababali saylovlar aralaş tamoyil böyiça ötmoqda: saylovçilar an'aviy ravişda bevosita saylov uçastkasida yoki karantinda bölganlar va barça istovçilar tegişli ariza bergandan keyin poçta orqali ovoz berişlari mumkin.
Saylov uçastkalarida kuçaytirilgan sanitariya çoralari körilgan. Saylov komissiyalarining fuqarolarni qayd qiluvçi a'zolari orasida kamida 1,5 metrlik masofa örnatilgan. Komissiyalarning 270 mingdan köproq xodimi niqob va qölqoplar bilan ta'minlangan, uçastkalarga kiriş joyida qöllarni dezinfeksiyalaş vositalari örnatilgan.
Uçastkada bölgan barça oğiz-burnini niqob yoki römol bilan berkitişi lozim. Hujjatlarni tekşiriş vaqtida niqobni bir-ikki soniyagina yeçişga ruxsat beriladi. Saylov komissiyasi saylovçilardan özlari bilan ruçkalar olib kelişni iltimos qilgan. Şuningdek, bir kişiga 4 kvadrat metr böş joy töğri kelişi lozim.
Davlat saylov komissiyasi saylovlarning yakuniy rasmiy natijalarini 1 iyuldan keç bölmagan muddatda e'lon qilişni rejalaştirilgan. Biroq saylov uçastkalari yopilişi bilanoq ekzitpollar natijalari ma'lum böladi.












