Soğliqni saqlaş vazirligi 27 iyun kuni Toşkent şahrida aholi orasida qayd etilgan kasallaniş holatlari böyiça batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi.

«Toşkent şahrida aholi orasida koronavirusga çaliniş holatlari sönggi kunlarda sezilarli darajada oşdi, şuningdek, boşqa hududlarga qaraganda ham yuqori bölib turibdi.

Avval xabar qilganimizdek, 26 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 250 nafar bemordan 25 nafari aholi orasida aniqlangan bölsa, 27 iyun kuni esa 255 nafar bemordan 54 nafari aholi orasida tasdiqlanib, şundan 39 nafari Toşkent şahrida aniqlandi.

Ikki kunlik ma'lumotga köra, ham umumiy kasallaniş körsatkiçi biroz oşgan bölsa, aholi orasida koronavirusga çaliniş holati esa keskin ösganligini köriş mumkin», deyiladi xabarda.

Jumladan, «Özbektelekom» kasaba uyuşmasi xodimi J.X.da, Yunusobod tumanida yaşovçi N.Ya.da (Şifoxonaga yotiş maqsadida namuna topşirgan) va yana uşbu tumanda yaşovçi 2 nafar fuqaro (Yunusobod dehqon bozoridan bir neça bor xarid qilgan), Olmazor tumanida yaşovçi B.I.da (tana harorati kötarilib, namuna topşirgan), Şayxontohur tumanida yaşovçi B.A.da (profilaktika maqsadida namuna topşirgan), Uçtepa tumanida yaşovçi N.A.da koronavirus qayd etilgan.

Şuningdek, «Örikzor» savdo majmuasining oziq-ovqat dökoni sotuvçi F.X.da, Şayxontohur tumanidagi Sut mahsulotlari işlab çiqariş sexi işçisi F.R.da, Yunusobod tuman FXDYo bölimi mas'ul xodimi  S.S.da, 1-son Respublika klinik şifoxonasida davolanayotgan bemor O.A.da, «Ipoteka» bank Şayxontohur filiali kassiri M.X.da, «Asaka bank» boş ofisi xodimi A. D.da , Sergeli tumanidagi «Inter injyenering» quriliş kompaniyasi xodimi