Bugun 5 hududda - Toşkent şahri, Samarqand, Jizzax, Buxoro va Toşkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.

Bugungi 266 holatdan 244tasi karantin muassasalarida, 30tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölgan 6 kişiga ham virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.

Aholi orasida (+30)
Bugun uç hududda aholi orasida yangi kasallaniş holatlari aniqlandi. Toşkent şahrida aholi orasida 20ta yangi holat qayd etildi. Poytaxtda sönggi marta 3 iyun kuni aholi orasida kasallaniş holati aniqlanmagan.

Buxoro viloyatida aholi orasida 6ta yangi holat qayd etildi. Karantindagilar bilan qöşib hisoblaganda bemorlar soni 9 nafarga ösdi. Buxoroda şu vaqtgaça jami 521 holat qayd etilgan, şundan 490 kişi tuzalib çiqqan, bir kişi vafot etgan, şifoxonalarda 30 bemor davolanmoqda.

Jizzax viloyatida yana aholi orasida koronavirusga çalinganlar çiqa boşladi - bugun jami 5ta yangi holat qayd etilgan, şundan 4 nafari aholi orasida. Ayni vaqtda viloyatda 6 nafar bemor davolanmoqda.

Karantin (+244)
Xorijdan kelgaç Toşkent viloyatidagi Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolar orasida 215 holat aniqlandi.

Toşkent şahrida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida 23 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyildi.

Şuningdek, Buxoro viloyatida karantindagilar orasida 3 kişida, Samarqand viloyatida 2 kişida, Jizzax viloyatida 1 kişida virus çiqqan.

Haydovçilar (+0)
Bugun xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari orasida koronavirusga çaliniş holatlari qayd etilmadi.

Tuzalganlar (+167)
29 iyun davomida 167 nafar bemor soğaydi. Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida 115 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 22 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar bemorga javob berildi. Şu vaqtgaça virusga çalingani qayd etilgan 8222 kişidan 5496 nafari tuzalib çiqqan.