Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi bojxona boşqarmasi “Daut-ota” çegara bojxona postiga qöşni mamlakat orqali kirib kelgan, fuqaro X.O. boşqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi örnatilgan tartibda postdagi inspeksion körik majmuasi yordamida nazoratdan ötkazildi.

Natijada, avtotransportning tag rama qismiga xufiyona yaşirilgan, umumiy qiymati salkam 35 million sömlik jami 2283 dona avtotransport ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda mazkur post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.R. boşqaruvidagi yuk avtotransporti ham belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazildi.
Tekşiruv davomida uşbu avtoulovda ham deklaratsiyada körsatilmagan va bojxonaçilarning oğzaki sörovida ma'lum qilinmagan 42,2 million sömlik tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlandi.
Hozirda uşbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.











