Uşbu kamyob hodisa – ikki çaqaloqning bitta tanada rivojlanişi va dunyoga kelişi yuzasidan markaz boş vraçi örinbosari Dilşod Rahmonov bilan suhbatlaşdik.
«Bu holat tibbiyot tili bilan aytganda, siam egizaklari deyiladi. Çaqaloq ayni vaqtda markazimizning reanimatsiya bölimida parvarişlanmoqda. Çaqaloq bir qator tekşiruvlardan ötkazildi. Aytiş mumkinki, çaqaloqning içki organlari ikkita tanaga tegişli, jinsiy a'zolarigina bittadan rivojlangan, şuningdek, boş qismi ham ikkita.
https://ok.ru/videoembed/1559606332095
Bu kasallik dunyoda juda kam kuzatiladigan holat. 200-220 ming holatda bir marta kuzatiladi. Hayotda bunday bolalar köp yil umr körgani, masalan, 30-50 yoşga kirgan holatlari ham uçraydi. Lekin bizdagi holat biroz murakkab, ya'ni, tanasi töliq bitta bölib ketgan. Şu sababli biz murakkab tekşiruvlarni ötkazişni rejalaştirib turibmiz. Hozirgi vaqtda bolaning umumiy ahvoli yomon emas, uni davolaş çoralarini köryapmiz. Ovqatlaniş, qon aylaniş holati yaxşi, hozirça faqat kislorod tanqisligi kuzatilyapti. Kelgusida çaqaloqning yaşab ketişi uçun barça çoralarni köramiz, albatta», dedi D.Rahmonov.

Şifokorlarning aytişiça, bola dunyoga kelişidan avval ikki marta – 16-21 haftalik davrida skrining tekşiruvi ötkazilgan. Bolalarning rivojlanişi mutaxassislarga ma'lum bölgan va çaqaloqning qöşaloq tuğilişi haqida ota-onasiga xulosa berilgan. Ammo ota-onasining talabi bilan çaqaloq tuğruq jarayonigaça yetib kelgan. Tuğruqdan oldin ham vaziyat aniq bölgani uçun şifokorlar kesiş amaliyotini qöllaşgani aytildi.
Ayni vaqtda ona tuğruq bölimida şifokorlar nazoratiga olingan.

«Bu holatga bir qator omillar sabab bölişi mumkin. Masalan, qarindoş-uruğlar örtasidagi nikoh, onalarning yoşi ötgandan keyingi tuğruq holatlarida bunday holat kuzatiladi. Bundan taşqari, turli radiatsiya nurlari va ekologiya buzilişida ham siam egizaklari dunyoga kelişi mumkin», deydi şifokor.
Markaz şifokorlari faoliyati davomida birinçi marta şunday holatga duç kelişganini ma'lum qilişdi. Şu sababli nafaqat mamlakatimizdagi malakali şifokorlar, balki tibbiyot rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham foydalaniş rejalaştirilmoqda.












