2020 yilning iyun oyida iste'mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida örtaça 0,2 foizga pasaydi.

Meva va sabzavot narxlarining özgarişini hisobga olmaganda, uşbu körsatkiç darajasi 0,5 foizni taşkil etgan.

Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflar örtaça 4,6 foizga kötarildi. 

Yillik davrda esa (2019 yilning iyuniga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining örtaça ösiş sur'ati 14,2 foizni taşkil etdi. 

2020 yilning iyun oyida yillik umumiy INI ötgan oyning şu körsatkiçiga nisbatan 0,2 punktga oşdi (14,0 foizdan 14,2 foizgaça). Şu bilan birga, ötgan yilning iyun oyiga nisbatan 2020 yilning iyun oyidagi natija 2019 yilning iyun oyidagi körsatkiçga nisbatan 0,6 punktga baland böldi (14,2 foizga qarşi 13,6 foiz). 

Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan töyinganligi sababli uşbu tovarlar guruhi umumiy narxlarining pasayişiga olib kelib, natijada joriy yilning iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol narxlari indeksi (INI) 98,8 foizni taşkil etdi. 

Oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari 0,6 foizga qimmatlaşdi.