Pokiston boş vaziri Imron Xon Karaçi şahridagi birjaga hujum ortida Hindiston maxsus xizmatlari turganini aytdi. Biroq Xon buning isboti sifatida biror dalil keltirmagan.
“Biz bu Hindiston tomonidan amalga oşirilganiga şubha qilmaymiz”, deb aytgan Xon. Uning ta'kidlaşiça, birja binosining halok bölgan qöriqçilari va politsiyaçi özlarini qurbon qilib, Pokistonni barqarorsizlantiriş uçun Hindiston tomonidan rejalaştirilgan jiddiy hodisaning oldini olişgan.
Pokiston boş vazirining ma'lum qilişiça, hujumni amalga oşirgan terrorçilarda katta miqdorda öq-dori bölgan va ular ehtimol odamlarni garovga olmoqçi bölgan. U şunga öxşaş yana 4 ta terakt, jumladan poytaxt Islomobodda 2 ta terakt oldi olinganini ma'lum qilgan.
29 iyunda Pokistonning Karaçi şahridagi fond birjasiga terrorçilar tomonidan hujum uyuştirildi. Hujum oqibatida 8 kişi halok bölgan, 7 kişi yaralangan. Birjaga 4 terrorçi hujum qilib, birja binosiga kiriş joyida granatalar portlatgan va avtomatlardan tartibsiz öq otişni boşlagan. Keyinroq terrorçilarning barçasi öldirilgan.












