2020 yil 1 iyuldan boşlab Özbekistonda fuqarolarning özini özi band qiliş böyiça faoliyat turlarining 67tagaça kengaytirilişi asosida röyxatga oliş tartibi joriy etildi.

DSQ matbuot xizmati xabariga köra, özini özi band qilganlar – bu xizmatlar körsatişda mustaqil ravişda şaxsiy mehnati bilan iştirok etadigan, mehnat daromadini oliş uçun iş olib boruvçi şaxslar. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatga olinmaydi va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi.

Özini özi band qilgan fuqaro sifatida röyxatdan ötişni xohlovçilar buni Soliq mobil ilovasidan foydalangan holda yoki jismoniy şaxslarning şaxsiy kabineti orqali masofadan turib, bepul amalga oşirişi mumkin. 

Röyxatga oliş natijalariga köra, özini özi band qilganlik töğrisidagi ma'lumotlar Soliq tölovçilarning yagona reyestriga kiritiladi va foydalanuvçiga röyxatga olinganini tasdiqlovçi matritsali ştrix kod (QR kod) yuboriladi. QR kodli ma'lumotnomani xohişga köra çop ettiriş mumkin. 

Bildirilişiça, özini özi band qiladiganlar rasman röyxatdan ötgandan söng, qonuniy ravişda işlaşlari, şuningdek, mijozlardan qabul qilingan barça buyurtmalarni rasmiylaştiriş va saqlaşi mumkin. Ma'lumotlar bazasida har bir buyurtma uçun işlarning soni va qiymati, şuningdek mijozning telefon raqami töğrisidagi ma'lumotlar saqlanadi. Buyurtma asosida çek şakllantiriş va uni mijozga yuboriş imkoniyati mavjud. 

Qayd etilişiça, özini özi band qilgan şaxslar 2020 yil uçun ijtimoiy soliqni bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 50 foizi hajmida tölaydi. Uşbu summa töliqligiça budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga yönaltiriladi. Soliqlarni tölaş masofadan turib, mobil ilova yoki har qanday elektron tölov tizimi orqali amalga oşiriladi. Bu jismoniy şaxslar uçun soliq tölaş jarayoniga öxşaydi. Endi soliq majburiyatlarini soliq organlariga taşrif buyurmasdan bajariş mumkin.