Bugun 8 hududda - Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.
Bugungi 278 holatdan 218tasi karantin muassasalarida, 50tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari bölgan 10 kişiga ham virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Aholi orasida (+50)
Bugun 5 hududda aholi orasida yangi kasallaniş holatlari aniqlandi. Toşkent şahrida aholi orasida 35ta yangi holat qayd etildi. Poytaxtda sönggi marta 3 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanmagandi.
Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida aholi orasida 5tadan yangi holat qayd etilgan, şuningdek, Xorazm viloyatida 4, Qoraqalpoğiston Respublikasida bitta holat aniqlangan.
Karantin (+218)
Xorijdan kelgaç Toşkent viloyatidagi Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolar orasida 168 holat aniqlandi.
Toşkent şahrida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida 26 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyildi.
Samarqand viloyatida bemorlar bilan aloqasi tufayli karantinga olingan 9 kişida virus çiqdi.
Şuningdek, Buxoro viloyatida karantindagilar orasida 6 holat qayd etilgan, Sirdaryoda 5 nafar, Xorazmda 3 nafar karantindagilarga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan, Qaşqadaryoda esa bitta holat qayd etilgan.
Haydovçilar (+10)
Bugun Toşkent viloyati hududida xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisi bölgan ikki kişiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan, Sirdaryoda esa xalqaro yuk taşuvçi haydovçilardan 8 nafarida virus çiqqan.













