Samarqandda siam egizaklari tuğilgani haqidagi xabar tarqalişidan bir kun ötib, yaqinlari undan voz keçgani haqida xabar tarqaldi.
Samarqand viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi vakilining ma'lum qilişiça, haqiqatan ham egizaklarning bobosi xuddi şu fikrni bildirgan. Ammo bu böyiça tilxat berilmagan, umuman rasman bolalardan hali keçilgani yöq.
Viloyat köp tarmoqli bolalar poliklinikasi vakillari ham bu haqda hali aniq gap aytib bölmasligi, çunki avvalo onaning holati barqaror emasligini ma'lum qilişgandi.
Ikkinçi tomondan, qonun-qoidalarga köra, farzanddan voz keçişni ota-onasidan boşqa birov hal qilmaydi. Onasi esa jiddiy operatsiyani boşdan ötkazgani uçun hozirça davolanişda.
Viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi boş vraçi örinbosari Dilşod Rahmonov hozirda egizak qizaloqlar sun'iy nafas oldiriş apparatida bölib, ahvoli juda oğir ekanligini aytmoqda.
«Ikkita yurakda ham jiddiy, murakkab nuqsonlar mavjud. Çaqaloqlarning içki organlari bir boşdan töliq tibbiy tekşiruvdan ötkazilmoqda. Ayni paytda ularning oşqozoni ham ikkitaligi ma'lum böldi. Egizaklarning salomatligi böyiça töliq va aniq ma'lumotlarni aytiş uçun qöşimça köplab tibbiy tekşiruvlar ötkazilişi kerak.
Afsuski, siam egizaklarining ahvoli oğir bölib, apparatda bölgani uçun bu tekşiruvlarning barçasini amalga oşiriş imkoniyatimiz yöq. Diagnostika uçun esa zamonaviy apparatlarimiz bor», deydi Rahmonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Samarqandda ikki boşli çaqaloq tuğildi. Siam egizaklari haqida ota-onasi avvaldan ogohlantirilgan












