Joriy yilning 2 iyul kuni Vazirlar Mahkamasida bölib ötgan yiğilişda sement mahsulotini import asosida olib kirişda mavjud notarif tösiqlarni bartaraf etiş, bunda sifatsiz sement import qiluvçilarni javobgarligini kuçaytiriş böyiça takliflar işlab çiqiş va tegişli qaror loyihasini tez kunlarda kiritiş topşiriği berildi.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi matbuot xizmatining xabar qilişiça, yiğilişda sement bozorida taklif darajasini kötariş va içki bozorni uzluksiz ravişda sement bilan ta'minlaş maqsadida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, “Özstandart” agentligi, Davlat bojxona qömitasi va “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasiga şunday topşiriq yuklatilgan.
Bildirilişiça, sement importi böyiça çeklovlar bekor qilinganligiga qaramasdan, joriy yilning iyun – iyul oylarida birjaning sement bozorida talabning sezilarli darajada ösişi natijasida narxlarning oşişi holatlari kuzatilmoqda.
2020 yilning yanvar-iyun oylarida birjada barça markali sementning narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 502,0 ming sömdan 797,0 ming sömgaça, ya'ni 59 foizga ösdi. Narxlarning ösişi asosan joriy yilning may–iyun oylariga, ya'ni quriliş mavsumining boşlaniş davrlariga töğri kelmoqda.
Tsementga bölgan talab va narxlarning oşişiga amalga oşirilayotgan quriliş işlarining faollaşuvi va jadallaşuvi hamda sement mahsuloti importi hajmlarining kamayganligi sabab bölmoqda.
Hukumat topşiriqlariga asosan sement narxining şakllanişiga birja tomonidan har bir xaridor uçun 114,0 tonna miqdoridagi kunlik limitning qöllanilişi öz ijobiy ta'sirini körsatib, ötgan savdolarda sement mahsulotini xarid qilgan iştirokçilarning soni deyarli ikki barobarga köpayib, 540 nafarni taşkil etdi.
2020 yilning 26 iyun kuni 1 tonna sementning örtaça narxi 797,0 ming sömni taşkil etgan bölsa 30 iyun kuniga 728,9 ming sömni taşkil etdi (8,5 foizga arzonlaşgan).
Biroq, mazkur tadbir ham sementga bölgan talabning yuqoriligi sababli narxlarni sezilarli darajada tuşirilişiga va talabning qondirilişiga yetarliça ta'sir etmadi.
Tsementga bölgan talabning mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan töliq qoplab berilmayotganligi sababli, import sementga ham ehtiyoj oşmoqda. Lekin, bu holatda ham tadbirkorlar ma'lum qiyinçiliklarga duç kelmoqdalar.
Xususan, bugungi kunda GOST 31107-2016 va GOST 10178-85 me'yoriy hujjatlari talablariga asosan import asosida olib kirilgan sement mahsulotini bojxonada rasmiylaştiriş uçun 28 kun laboratoriya sinovlaridan ötkaziladi hamda ijobiy laboratoriya xulosasi mavjud bölgan taqdirda içki bozorda realizatsiya qilinadi. Buning hisobiga importidan sement mahsulotini olib kiriş hajmlari oldingi davrlarga nisbatan sezilarli kamaygan, deyiladi qömita xabarida.












