Yevroparlament binosi pandemiya çeklovlari sababli böş turganda u yerdan 50 taga yaqin kompyuter va planşetlar hamda boşqa qimmat buyumlar öğirlab ketilgan.
Yevroparlamentning Bryusseldagi binosi karantin vaqtida talab ketilgan. Bu haqda Politico naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, Yevroparlamentning karantin vaqtida Byursseldan uzoqda masofadan işlagan kamida 50 a'zosining ofisidan kompyuter, planşet va boşqa buyumlar öğirlab ketilgan.
Öğirliklar bino deyarli böş yotganda amalga oşirilgan. Öğrilar qimmatbaho buyumlarni olib ketiş uçun yevrodeputatlarning seyflarini buzişgan va ularga tegişli hujjatlarni titişgan.
Ikkita noutbugi öğirlab ketilgan germaniyalik yevrodeputat Niko Zemsrottning aytişiça, u Yevroparlamentning xavfsizlik masalalari böyiça boş direktorati DG SAFE’ning bunga munosabatidan köngli qolgan.
“Biz öğrilar barça narsalarimizni titib çiqqaniga işonçimiz komil”, deb aytgan Zemsrott va öğrilar 40 dan 100 nafargaça yevrodeputatning ofislarida bölgani haqida ma'lumotga egaligini qöşimça qilgan.
Avvalroq Zemsrott öz hamkasblarini elektron maktubda öğriliklar haqida ogohlantirgan va YouTube’da öğrilar qutini oçişgani va u yerdan kalit topib, u yordamida kompyuterlar saqlangan javonni oçişganini körsatuvçi videoni joylagan.
Öz navbatida Yevroparlament matbuot kotibining ta'kidlaşiça, öğriliklar haqida ma'lumot aprelda paydo bölgan va bunga javoban “ofislarni nazorat qiluvçi qöriqçilar soni oşirilgan”. Uning aytişiça, öğrilar 50 ga yaqin deputatni talab ketgan.













