Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus sababli Monakodagi eng yirik yaxtalar ko‘rgazmasi bekor qilindi
Navbatdagi Monaco Yacht Show 2021 yil sentyabrda o‘tkaziladi
Monaco Yacht Show — butun dunyodagi eng yaxshi yaxtalarni bir joyga jamlovchi yirik shou. Superyaxtalar (unda uzunligi 25 metrdan kam bo‘lmagan yaxtalar ishtirok etadi) ko‘rgazmasi har yili sentyabrda Monakodagi Erkyul portida o‘tkaziladi.
2019 yilgi shouda 125ta superyaxta qatnashgan bo‘lib, ularning umumiy narxi 4,29 mlrd dollarni tashkil etgandi.
Shou tashkilotchilari (Britaniyaning Informa kompaniyasi) 2020 yilda uning 30 yilligini nishonlashni mo‘ljallagandi. Ammo koronavirus sababli iyun oxirida ko‘rgazmani o‘tkazish bekor qilindi.
Navbatdagi Monaco Yacht Show 2021 yil sentyabrda o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, shouda qatnashish uchun ishtirokchilar 50 mingdan 500 ming yevrogacha pul to‘laydi.
Ko‘rgazma tashkilotchilari nafaqat ishtirokchilar, balki tomoshabinlardan ham daromad ko‘radi — odatda shou chipta narxi 280 yevrodan boshlanadi.
2019 yilda ushbu tadbirga 31,5 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
10:40 / 01.07.2026
Monakodagi portlash bo‘yicha tergovda UXX nomi tilga olindi
09:25 / 30.06.2026
Monakodagi portlashda ukrainalik millioner jabrlandi
23:28 / 23.04.2026
Dunyoda 1 million dollarga qanday ko‘chmas mulk sotib olish mumkin: Monakoda atigi 16 m2
09:33 / 09.10.2025