Xaridor joriy yil 8 may kuni Toşkent şahri Sergeli tumanida joylaşgan «DRIVER’S VILLAGE» avtosalonidan «Lasetti» avtomaşinasi xarid qilgan. Ammo tez orada uning böyoği sifatsiz ekani ma'lum bölib qolgan.
«UzAuto Motors» AJ va avtosalon mutaxassislari iştirokida ötkazilgan tahlil natijasi ham maşinaning nuqsonli ekanligini körsatgan. Dastlab «UzAuto Motors» AJ vakillari avtomaşinani ta'mirlab berişgan, ammo ta'mirdan xaridorning köngli tölmagan.
Bu haqda 2 iyul kuni Kun.uz’da «Avtosalondan nuqsonli holda sotilgan «Lasetti» yangisiga almaştirib beriladimi?» sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Bugun xaridor Jamşid Imomov tahririyatga qönğiroq qilib «UzAuto Motors» AJ korxonasi tomonidan nuqsonli avtomaşina yangisiga almaştirib berilganini ma'lum qildi.













