Toşkentda koronavirus taşxisi qöyilgan bemorlardan biri yurak qon-tomir va ötkir nafas yetişmovçiligidan vafot etdi.

«Samarqandlik fuqaro I. (erkak) şu yilning 14 may kuni oğir ahvolda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqiziladi. Ötkazilgan diagnostik tahlillardan söng bemorda Covid-19 infeksiyasi ham aniqlangan.

Şundan keyin bemorga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga ötkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar sirrozi taşxisi bilan davolanib kelgan. Bundan taşqari, unda semizlik, anemiyaning oğir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud bölgan.

Klinikada bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam körsatilgan. Vazirlikning turli yönalişlari böyiça boş mutaxassislari va Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham ötkazilib, doimiy nazorat ta'minlangan.

Biroq körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va ötkir nafas yetişmovçiligidan vafot etgan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Bu Özbekistonda koronavirusga çalingan bemorning vafot etişi bilan boğliq ön uçinçi holatdir. Bungaça Namanganda 4, Toşkentda 5, Farğona, Samarqand va Surxondaryoda bittadan ölim qayd etilgandi.