Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Covid-19’ga qarshi antitanalardan iborat «kokteyl» sinovi yakuniga yetmoqda
O‘ttiz nafar bemorda sinab ko‘rilgan "kokteyl" birinchi bosqichda ijobiy baho olgan.
Foto: RIA Novosti
Amerikaning Regeneron Pharmaceuticals biotexnologiya kompaniyasi o‘zining COVID-19ning oldini olish uchun ikkita antitanadan tayyorlangan "kokteyl"ini sinash ishlari yakuniy bosqichga o‘tganini xabar qildi.
"Uchinchi bosqich doirasida REGN-COV2 kokteylining COVID-19ga chalingan bemor bilan bevosita muloqotda bo‘lgan sog‘lom insonlar orasida kasallik tarqalishining oldini olish xususiyati baholanadi", - deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan tashqari, preparat shifoxonaga yotqizilgan bemorlarni davolash bo‘yicha sinovlarning ikkinchi bosqichiga o‘tdi. Qayd etilishicha, 30 nafar bemorda sinab ko‘rilgan "kokteyl" birinchi bosqichda ijobiy baho olgan.
Virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha uchinchi bosqich sinovlari 100ta hududda o‘tkaziladi, unda 2 ming kishi qatnashishi mumkin. "Kokteyl"ning virusdan davolash xususiyatini sinash ishlarini AQSh, Braziliya, Meksika va Chilidagi 150ta hududda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda
10:41 / 13.03.2025
Germaniya razvedkasi: COVID-19 pandemiyasi Xitoydagi sizib chiqish sababli yuzaga kelgan
18:52 / 19.09.2024