Toşkent viloyati Zangiota tumanida koronavirusga çalingan bemorlarni qabul qiluvçi ixtisoslaştirilgan yuqumli kasalliklar şifoxonasi qurilmoqda.
33 gektar maydonni egallagan obekt 2000 öringa möljallangan bölib, jami 4ta blokdan iborat. 4 iyul kuni Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov, mas'ul taşkilotlar vakillari va OAV xodimlari uşbu şifoxona bilan tanişdi.

6 iyul kuni ilk bemorlarni qabul qilişi kutilayotgan şifoxonaning bir qismida quriliş işlari olib borilyapti. Har bir blok 5ta davolaş korpusi, şu jumladan, 3ta statsionar bölim, 1ta jonlantiriş bölimi va 1ta jarrohlik bölimidan iborat.

Şifoxona kompleksi yengil konstruksiyali, izolyatsiya qilingan sendviç panellarni qöllagan holda, energiya tejamkor texnologiyalar asosida qisqa muddatda qurilmoqda.
Muassasa eng sönggi zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta'minlanadi.
Şifoxona murakkab epidemiologik vaziyat va favqulodda holatlarda zaruratga köra töliq karantin muassasasi sifatida moslaştirilib faoliyat olib borişi mumkin böladi.


Hozirda quriliş işlarining birinçi bosqiçi, ya'ni
16,5 gektar maydonda bir qavatli 18ta blok qismi qurilib foydalanişga topşirilmoqda.
Bu yerda 1 000 öringa möljallangan bir qavatli 10ta asosiy va 8ta yordamçi bloklardan iborat maxsus şifoxona qurilgan. 1-2-bloklar (1 000 örinli) xodimlar yotoqxonasi, 3-blok qabul bölimi, 4-7-bloklar davolaş korpusi, 8-blok reanimatsiya, 9-blok operatsion zal, 10-blok şifokorlar kuzatuv punkti.



















