«Şu yilning 25 iyunida fuqaro M.Ç. homilaning 38 xaftaligi bilan viloyat Perinatal markaziga murojaat qilgan hamda 27 iyun, şanba kuni undan siam egizaklari dunyoga kelgan.
Çaqaloqlarda nafas va yurak yetişmovçiligi borligi, ularga doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olişi hamda tajribali mutaxassislar nazoratida bölişi zarurligi sababli egizaklar joriy yilning 29 iyun kuni Samarqand viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markaziga ötkazilgan edi.
Bugun, 6 iyul kuni viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi şifokorlar tomonidan ötkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan, çaqaloqlarda köp sonli tuğma rivojlaniş nuqsonlar borligi sababli dastlab soat 7:50da siam egizaklarining birinçisi, 10:50da esa ikkinçisi nafas va yurak yetişmovçiligi tufayli vafot etdi», – deyiladi xabarda.
Avvalroq, homilaning anomal rivojlanişi avvaldan ma'lum bölgani, çaqaloqning qöşaloq tuğilişi haqida ota-onasiga xulosa berilgani va ona çaqaloqni dunyoga keltirişga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
«Bu kasallik dunyoda juda kam kuzatiladigan holat. 200-220 ming holatda bir marta kuzatiladi. Hayotda bunday bolalar köp yil umr körgani, masalan, 30-50 yoşga kirgan holatlari ham uçraydi. Lekin bizdagi holat biroz murakkab, ya'ni, tanasi töliq bitta bölib ketgan. Şu sababli biz murakkab tekşiruvlarni ötkazişni rejalaştirib turibmiz», – degandi viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi boş vraçi örinbosari Dilşod Rahmonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Şifokorning sözlariga köra, homilaning qöşaloq rivojlanişiga bir qator omillar sabab bölişi mumkin. Qarindoş-uruğlar örtasidagi nikoh, onaning yoşi ötgandan keyingi tuğruq, turli radiatsiya nurlari va ekologiya buzilişi ehtimollari şular jumlasidan.












