«2020 yil 7 iyul soat 17:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 587 (+128) nafarni taşkil etmoqda.

Yangi kasallaniş holatlarining 112 nafari Toşkent şahrida (şundan 84 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 28 nafari aholi orasida), 11 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida (şundan 6 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari orasida), 2 nafari Jizzax viloyatida, yana 2 nafari Qaşqadaryo viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafari esa Toşkent viloyatida xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari orasida aniqlangan», – deyiladi xabarda.

Bugun soat 10:00 holatiga kasallanganlar soni 97taga oşgani xabar qilingandi. Rasmiy ma'lumotlar 14ta hudud böyiça berilayotgan raqamlar bilangina çeklanib qolmoqda.

Koronavirusdan soğayganlar soni 6 690 nafarni taşkil etyapti.

Özbekiston böyiça 3 858 nafar bemor COVID-19`dan davolanmoqda.